» » Qarshida shirinliklar ishlab chiqarish sexi ishga tushdi

Qarshida shirinliklar ishlab chiqarish sexi ishga tushdi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining tashkil etilgani hududlardagi tadbirkor yoshlarga qator qulayliklar yaratmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi Bunyodjon Mustafoyev ana shu qulaylikdan samarali foydalanayotgan yoshlardan biri. U tegishli tartibda o‘z loyihalarini taqdim qilgach, 500 million kredit mablag‘i ajratildi.

Boshida oila a’zolariga yordamlashib, tadbirkorlik sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan Bunyodjon o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda qiynalmadi. Bozor talabidan kelib chiqib, har xil turdagi shirinliklar ishlab chiqarishni boshladi.

– Anchadan buyon katta mablag‘ga ehtiyoj sezayotgan edik, sababi shirinlik pishiradigan uskunaning bahosi anchayin baland edi, – deydi yakka tartibdagi tadbirkor B.Mustafoyev. – Olingan mablag‘ evaziga Eron davlatida ishlab chiqarilgan pishiriq pishiradigan uskunalar to‘plamini keltirdik. Zamon talablariga to‘la mos keladigan ushbu uskuna mahsulotni har tomonlama sifatli pishiradi. Ya’ni mijozlar didiga mos keladigan tarzda. Bundan tashqari, uskuna energiya tejamkor. Hozirda oilaviy korxonamiz joylashgan joyda qo‘shimcha xonalar olib shu yerda ish yurityapman. Yangi seximiz uchun tumanimiz markazidan foydalanilmay turgan binoni sotib oldik. Hozir qurilish-ta’mirlash ishlari ketmoqda. Bino qurilishi bitgach to‘liq unga ko‘chamiz. Hozirda 3 nafar ishchimiz bor. Yangi binoga ko‘chgach faoliyatimizni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют