» » Mesut O‘zil avtobiografiyasidan: Gvardiolaga kerak bo‘lmagan, Mourinyodan esa katta saboq olgan futbolchi

Mesut O‘zil avtobiografiyasidan: Gvardiolaga kerak bo‘lmagan, Mourinyodan esa katta saboq olgan futbolchi


Germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil haqida kitob yozish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan Sport Witness nemis nashri Bild’ga avtobiografiyaning kichik qismidan parcha taqdim etdi. Bunda futbolchining Joze Mourinyo hamda Xosep Gvardiola haqida fikrlari bor edi.

“JCh—2010 dan keyin “Arsenal” ham xuddi “Real”, “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” klublari kabi mening xizmatim bilan qiziqa boshladi. Agentim birinchi bo‘lib “Bavariya” vakillari bilan uchrashib, jamoa mendan nima istayotgani va nimalarga umid qilayotgani, klubdagi o‘rnim haqida ma’lumot olgan. Unga bu haqda aytib berishgan. Qolgan klublar bilan muzokara ham shunday boshlangan”.

“Men esa “Barselona”ga o‘tish ishqi bilan yashardim. Dunyoning hech bir jamoasi uning kabi chiroyli futbol o‘ynamasligi meni o‘ziga maftun etardi. Biroq Gvardiola bu jarayonda ishtirok etmadi. Uchrashuvdan keyin menga telefon ham qilmadi, sms ham yozmadi. Qisqa qilib aytganda, bu transferga qiziqish bildirmadi. Mening “Barselona”dan umidim shu tariqa so‘nib qoldi”, — deb hikoya qilinadi O‘zil haqidagi kitobda.

Ma’lumki, O‘zilni “Qirollik klubi” ilib ketdi. Germaniyalik futbolchi Madrid klubida yorqin o‘yinlari bilan tanildi va yulduzga aylandi. Bu jamoada unga Joze Mourinyo ustozlik qildi.

“‘Ikkita chiroyli pasning o‘zini yetarli deb hisoblaysanmi? Seningcha 50 foizlik ko‘rsatkich shu qadar yaxshimi?!’, deb Joze menga o‘shqirardi. Shundan keyin u tin oldi va to‘q jigarrang ko‘zlari bilan menga o‘qraydi. Men unga, u esa menga qarar, biz jang oldidan ko‘z urishtirayotgan bokschilarga o‘xshardik”.

“Joze o‘z emotsiyasini yashirdi va mening javobimni kutdi. O‘sha lahzalarda men uni juda yomon ko‘rardim. Biroq faqat shu onlarni istisno qilganda mening Mourinyoga muhabbatim cheksiz”.

O‘zil javob o‘rnida futbolkasini yechib, uni Mourinyoning oyoqlari ostiga tashladi va murabbiyga kiyib olishini aytdi. Bu holdan keyin Mourinyo fikrida davom etdi: “Endi taslim bo‘lmoqchimisan?! Sen qo‘rqoqsan! Nima istaysan o‘zi? Issiq dushga kirib, yolg‘iz qolishnimi yoki jamoadoshlaringga, muxlislarga va menga nimalarga qodir ekanligingni ko‘rsatishnimi?!”

O‘zil dushga ravona bo‘lishni afzal bildi. Ammo keyinroq u Mourinyoning haq ekanini tan oldi. Murabbiy uning uchun qimmatli saboqlar bera olgandi, deb hikoya qilinadi O‘zil haqidagi kitobda.

Nashr kitobni qachon va qanchaga sotib olish mumkin ekani masalasiga oydinlik kiritmadi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют