» » Marhum jamoat arbobi azasiga borgan Prezident, doping sababli diskvalifikatsiya qilingan Ruslan Nurudinov, o‘g‘illi bo‘lgan Muqaddas Sa’dullayeva va kunning boshqa muhim xabarlari

Marhum jamoat arbobi azasiga borgan Prezident, doping sababli diskvalifikatsiya qilingan Ruslan Nurudinov, o‘g‘illi bo‘lgan Muqaddas Sa’dullayeva va kunning boshqa muhim xabarlari


23-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev marhum jamoat arbobi Madaminjon ota xonadoniga borib, oilasiga hamdardlik bildirdi.

Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamg‘armasining taniqli vakili, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Madaminjon ota  Hasanov shu yil 22-dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Madaminjon ota xonadoniga tashrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

***

Ruslan Nurudinov doping mojarosi sabab diskvalifikatsiya qilindi.

2012-yil o‘tkazilgan London Olimpiadasida ishtirok etgan 5 nafar og‘ir atletikachining doping testi natijalari ijobiy natija berdi

Doping test ijobiy natija bergan sportchilar orasida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, o‘zbekistonlik Ruslan Nurudinov ham bor. Nurudinov London Olimpiadasida 4-o‘rin bilan kifoyalangandi.

***

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva o‘g‘il farzandli bo‘ldi, unga Abubakir deb ism qo‘yishdi.

Avvalroq aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurgani va farzand kutayotgani xabar berilgan edi.

Aktrisaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qizchasi, Yigitalining esa avvalgi turmushlaridan uch nafar farzandi bor.

***

23-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Yava va Sumatra orollari oralig‘idagi Zond bo‘g‘ozida yuz bergan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 222 kishiga yetdi. Jarohatlanganlarning soni esa 843 nafarni tashkil etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziya qirg‘oqlarida yuz bergan kuchli tsunami oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

***

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr sadolari yangramoqda.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va bir guruh kursantlardan tashkil topgan “Harbiy vatanparvarlik karvoni” Toshkent shahrida joylashgan “Chorsu” savdo majmuasi hamda Mirobod tumani dehqon bozorida o‘zgacha konsert dasturini namoyish etdi.

Bundan tashqari, poytaxt markazi – “Mustaqillik” va “Amir Temur” xiyobonlari, qator bozorlar hududida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri ijrosida yangragan navolar barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют