» » Toshkentdagi barcha eskirgan uylar yangilariga almashtiriladi

Toshkentdagi barcha eskirgan uylar yangilariga almashtiriladi


Toshkentda eskirgan turar joylarning barchasi buziladi, ularning o‘rnida esa yangi uylar quriladi. Bu haqda 22-dekabr, shanba kuni Xotin-qizlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov anjumanida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Prezident 21-dekabr, juma kuni shahar bo‘ylab safari chog‘ida poytaxtdagi eskirgan uy-joylar o‘rniga yangi qulay uylar qurishni topshirgan.

“Kecha bizga Prezident qat’iy topshiriq berdi: Toshkentdagi kanalizatsiyasi va hokazolari bo‘lmagan barcha eski uylar, eskirgan turar joylarni buzib, o‘rnida barcha sharoitlarga ega yangi uylar qurish. Sharoitlar haqida gapirganda davlat rahbari kimni nazarda tutdi? Ayollarni. Prezident aytayaptiki, issiq suv bo‘lsin, isitish tizimi bo‘lsin, o‘tin yormasinlar, ovqat pishirish uchun ko‘mir ishlatmasinlar”, — deya aniqlik kiritdi Bosh vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют