» » Namanganda 400 ta mashinadan ramziy archa yasaldi. YHXB avtomobillari uning yulduzi bo‘ldi (foto va video)

Namanganda 400 ta mashinadan ramziy archa yasaldi. YHXB avtomobillari uning yulduzi bo‘ldi (foto va video)


Namangan shahridagi otchopar hududida Yangi yil fleshmobi o‘tkazildi: 400 ta avtomobildan archa hosil qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Fleshmobni tashkillagan “Voditeli Namangana” guruhi ma’muri Maksim Cemayevning aytishicha, to‘rt yarusli archani hosil qilish uchun ippodrom hududida mutaxassislar yordamida oldindan konturlar chizib olingan.

—Bu g‘oya bizda o‘tgan yili ham  bor edi, lekin o‘shanda buning uddasidan chiqolmagandik. Bu yil astoydil harakat qildik, — deydi Maksim Cemayev.

Guruh faollaridan biri Komila Abdurasulovaning bildirishicha, “Voditeli Namangana” safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan haydovchi qizlar soni ko‘payib bormoqda. Ushbu fleshmobda ham ulardan 20 nafarga yaqini ishtirok etdi.

23-dekabr kuni soat 14.00 dan boshlangan fleshmob soat 19.00 larga kelib muvaffaqiyatli yakunlandi. 400 ta avtomobildan archa va uning ichida “2019” yozuvi hosil qilindi. YHXB avtomobillari esa uning o‘ziga xos yulduzi bo‘ldi.

Semayevga ko‘ra, bunday loyiha O‘zbekiston, umuman, Markaziy Osiyoda ilk bor amalga oshirildi. Uning yuzaga chiqishida guruhga viloyat hokimligi, viloyat IIB YHXB, “Vatanparvar” tashkiloti, Namangandagi boshqa avtoklublar yaqindan ko‘mak berdi.

Ma’lumot uchun, “Voditeli Namangana” tashkil etilganiga ikki yil to‘ldi. Shu paytgacha guruh tomonidan 15 dan ortiq turli aksiya o‘tkazildi. Ular orasida Xotira va qadrlash kuni, “Gul bayrami” va davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘pchilikning yodida qolgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют