» » Samarqandda otasiga aliment pulini to‘lamagan ayol jarimaga tortildi

Samarqandda otasiga aliment pulini to‘lamagan ayol jarimaga tortildi


Paxtachi tuman Ma’muriy sudning 2018-yil 21-dekabr kungi qarori bilan aliment pulini to‘lamay kelgan qarzdorlar J.Iskandarov, B.Bozorov, Sh.To‘raqulov, F.Haydarov, I.Kamolovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47/4- moddasiga asosan har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Sud qarzdor D.Mardanovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47/5- moddasiga asosan eng kam oylik ish haqqining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Isoqovning ma’lum qilishicha, qarzdorlar J.Iskandarov, B.Bozorov, Sh.To‘raqulov, F.Haydarov, I.Kamolov va D.Mardanovalarga nisbatan alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 2 oydan ortiq muddatda to‘lanmay kelingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют