» » Ekspert fikri: O‘zbekistonda AES qurilishi turmush darajasini oshishiga olib keladi

Ekspert fikri: O‘zbekistonda AES qurilishi turmush darajasini oshishiga olib keladi


O‘zbekistonda AES qurilishining boshlanishi sanoat rivoji va modernizatsiyasi uchun katta zamin bo‘ladi, turmush darajasini oshiradi. Bu haqda Qozog‘iston yadro texnologiyalari xavfsizligi ilmiy-texnik markazi rahbari Oleg Ramanenko ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

“Yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, mutaxassislarni o‘qitish tizimi yo‘lga tushadi, hatto boshqa sohalarda ham. Shuningdek, AES paydo bo‘lishi yadro fan sohasi va barcha qolgan sohalar rivojlanishga ham turtki bo‘ladi”, – deydi Oleg Ramanenko.

Oleg Ramanenkoga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiyalashni rejalashtirgan, sanoatni rivojlantirishni va yangi texnologiyalarni jalb etishni rejalashtirdi. Mamlakatda quyosh energetikasi va gazga bo‘lishiga qaramasdan AES qurishni boshladi.

Oleg Ramanenko yangi quriladigan AESning ekologiyaga ta’sirii haqida ham alohida to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, zamonaviy AES radiatsiya tarqalishiga imkon yaratmaydi va ekologiyaga hech qanday ta’sir qilmaydi. Aks holda, dunyo bo‘ylab atom elektrostansiyalarining qurilishi avjiga chiqmagan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют