» » “Samarqand” aeroportida salkam 20 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

“Samarqand” aeroportida salkam 20 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi


“Samarqand” xalqaro aeroportiga “Sheremetyevo-Samarqand” yo‘nalishi bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.J.ga tegishli bagaj va qo‘l yuklarini ko‘zdan kechirildi. Natijada qo‘l sumkadan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan qiymati 20 million so‘mga yaqin, umumiy og‘irligi 73,67 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat sudda ko‘rib chiqildi. Sud fuqaro M.J.ga nisbatan jazo tayinlashda, uning qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas deb e’tirof etib, tegishli qaror chiqardi.

Sud qaroriga ko‘ra fuqaro M.J. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227 22-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 33-moddasi qo‘llanilib, eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Shu bilan birga 20 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxonachilari tomonidan 3 kilogramdan ortiq tilla buyumlari to‘xtatib qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют