» » Fazliddin G‘oibnazarovning professional ringdagi 7-jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarovning professional ringdagi 7-jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi navbatdagi jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Fazliddin 2019-yilning 8-yanvar kuni AQShda dominikanlik Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. G‘oibnazarov shu kungacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan.

Rikardo Garsiya hozirgacha 19 ta jang o‘tkazib, 14 ta jangda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. 9 ta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan. Garsiya 4 ta jangida mag‘lubiyatga uchragan. Bitta jangida esa durang qayd etilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют