» » Yevroparlament Marin Le Penni deputatlik dahlsizligidan mahrum qildi

Yevroparlament Marin Le Penni deputatlik dahlsizligidan mahrum qildi


Yevroparlament deputatlari Fransiya “Milliy fronti” yetakchisi Marin Le Penni deputatlik dahlsizligidan mahrum etish uchun ovoz berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Tegishli qaror deputat Twitter’dagi sahifasida IShID terrorchilik guruhining zo‘ravonlik akti suratlarini joylagandan so‘ng qabul qilindi.

Avvalroq Financial Times “Milliy front” partiyasini onlayn targ‘ib qilish bo‘linmasi faoliyati yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Bo‘linma prezidentlik saylovlari oldidan Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash uchun keng ko‘lamli kampaniya olib borgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют