» » Andijonda “Mening ko‘chamda jinoyat sodir etilmaydi” mavzusidagi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Andijonda “Mening ko‘chamda jinoyat sodir etilmaydi” mavzusidagi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda


Andijon IIB aholi bilan bo‘lgan muloqotlarda “Mening ko‘chamda jinoyat sodir etilmaydi” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Profilaktika kuni doirasida Andijon viloyati IIB mutasaddilari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi aholining muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi. Xususan, Nishobbo‘yi MFY, Bog‘ ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan olib borilgan muloqotlarda asosiy e’tibor ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘ldi. Shu ko‘chada istiqomat qiluvchi Nasibaxon O‘smonova bilan suhbatlashilganda uning ishsiz ekanligi, agarda yashash xonadoniga yaqin bo‘lgan joydan ish topilsa, ishlash istagi borligini bildirdi. Fuqaroning qilgan murojaatiga yechim topishga kirishilib, shu mahalla hududida joylashgan, “Muomala baraka” nomli kichik tikuv korxonasiga olib borildi va sinov muddati bilan ishga qabul qilindi.

Tadbir davomida, aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida, Manak qishlog‘i markazida keng jamoatchilik ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv muloqotda barcha ogohlikka chaqirildi.

Unda noxush holatlarning kelib chiqmasligi uchun har bir fuqaroning mas’ulligini oshirish, jinoyatlarning ayanchli oqibatlaridan oila-a’zolari va qo‘ni-qo‘shnilarini hushyorlikka chaqirish hamda xar bir ko‘chada “Mening ko‘chamda jinoyat sodir etilmaydi” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi atorflicha tushuntirildi.

Aholini qiynayotgan muammolarni uyma-uy yurib o‘rganish va ularga yechim topish hamda jinoyatchilikka qarshi muhit yaratish maqsadida viloyatning Asaka, Shahrixon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Bo‘z tumanlarida ham huddi shunday uchrashuv muloqotlar o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют