» » 1:0 hisobini xush ko‘radigan murabbiy: Simeone La Ligada shunday 50 ta g‘alabaga erishdi

1:0 hisobini xush ko‘radigan murabbiy: Simeone La Ligada shunday 50 ta g‘alabaga erishdi


22-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida Madridning “Atletiko”si “Espanyol” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol Antuan Grizmann tomonidan kiritildi. Natijada Madrid klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatida 1:0 hisobidagi 50-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, deb yozadi Marca nashri.

Bungacha Ispaniya chempionatida faqat 6 nafar murabbiy shunday natijani qayd etgan, ammo Simeone ulardan farqli o‘laroq kam o‘yin o‘tkazgan.

Simeone boshchiligida “Atletiko” eng ko‘p qayd etgan natijalar — 35 o‘yinda 2:0, 28 o‘yinda 1:1, 23 o‘yinda hisob ochilmagan (0:0), 20 ta o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan).

Barcha musobaqalarni hisobga olinsa, Simeone jamoasi 71 o‘yinda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют