» » Dushanbeda qurilayotgan Markaziy Osiyoning eng yirik masjidi 2019-yilda ochiladi

Dushanbeda qurilayotgan Markaziy Osiyoning eng yirik masjidi 2019-yilda ochiladi


2019-yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid namozxonlar uchun o‘z eshiklarini ochadi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Hozirgi vaqtda qurilish ishlarining 70 foizi bajarilgan. Ushbu masjidda qurilish yakunlangach bir vaqtning o‘zida 120 ming namozxon ibodatni amalga oshirishi mumkin.

Dushanbedagi Markaziy jome masjidining qurilish ishlari 2009-yilda boshlangan, uning qurilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tomonidan boshlab berilgan. Masjid qurilishi Qatar davlati mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilayotgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, majmua 4 ta har biri 75 metrlik minoraga ega bo‘ladi. Majmuada kutubxona, muzey, anjumanlar xonasi va yig‘ilish, ma’ruza va mehmonlarni qabul qilish uchun joy ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют