» » Bugun — 3-mart kuni 2017-yilgi chempionlik uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida kurash rasman start oladi

Bugun — 3-mart kuni 2017-yilgi chempionlik uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida kurash rasman start oladi


Bugun — 3-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 2017-yilgi mavsum rasman start oladi. O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu safar ham 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

1-tur bellashuvlari ikki kunga mo‘ljallangan. Amaldagi chempion, mamlakatning eng ko‘p karra chempioni va bu yil chempionat debyutanti hisoblangan klublar 3-mart kuni maydonga tushadi. Qolgan klublar ishtirokidagi o‘yinlar 4-mart — shanba kuniga tayin qilingan.

O‘zbekiston Oliy ligasi
1-tur
3-mart, juma

“Metallurg” — “Dinamo” — 15:30
“Mash’al” — “Lokomotiv” — 16:30
“Paxtakor” — “Qizilqum” — 17:00

4-mart, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Nasaf” — 15:30
“Sho‘rtan” — “Neftchi” — 16:00
“Navbahor” — “Obod” — 16:00
“Buxoro” — “Olmaliq” — 16:30
“Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” — 18:00

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” mamlakatning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Navbahor” elitadagi o‘rnini pley-offdagi g‘alaba evaziga saqlab qolgan, “Dinamo” esa chempionat debyutanti.

Musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan klub Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. 2-o‘rin sohibi va O‘zbekiston kubogi g‘olibi OChLning pley-offida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют