» » “Real” Modrich uchun “Inter”dan bir yo‘la ikki futbolchisini so‘radi

“Real” Modrich uchun “Inter”dan bir yo‘la ikki futbolchisini so‘radi


Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoani tark etib, Italiyaning “Inter” klubiga o‘tishi mumkin, deb yozadi Goal.

“Inter” 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga ega chiqishi uchun uning o‘rniga hujumchi Mauro Ikardi va himoyachi Milan Shkrinyarni “Qirollik klubi”ga berishi lozim. Madridliklarning talabi shunday bo‘lmoqda.

“Inter” Modrichni 2018-yilning yozidayoq tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq Milan klubi Modrich transferi bo‘yicha “Real” bilan kelisha olmadi. Joriy mavsumda Modrich “Real” tarkibida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga uzatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi joriy yilda 10 yildan beri davom etib kelayotgan Messi-Ronaldu erasiga barham berib, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют