» » 2018-yilgi jahon aholisining holati haqidagi eng muhim yillik hisoboti e’lon qilindi

2018-yilgi jahon aholisining holati haqidagi eng muhim yillik hisoboti e’lon qilindi


BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 21-dekabrida Toshkent shahrida 2018-yilgi jahon aholisining holati haqidagi eng muhim yillik hisobotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, kichik oilalarga nisbatan global tendensiya qancha xohlasalar shuncha farzand ko‘rish yoki qachon farzandli bo‘lish borasida reproduktiv tanlovni amalga oshirayotgan insonlarning tajassumi (aks etishi) hisoblanadi. Insonlarda tanlov bo‘lmaganida, aksariyat hollarda, ularni ko‘pchilik insonlarning xohishidan yuqori yoki past holatga olib kelib, tug‘ilish darajasiga uzoq muddatga ta’sir ko‘rsatadi.

Jahon aholisining holati haqidagi 2018-yilgi hisobot “Tanlov kuchi: reproduktiv huquqlar va demografik o‘tish” deb nomlandi.

Hisobotga ko‘ra, oila hajmi reproduktiv huquqlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida ko‘plab boshqa huquqlar, jumladan, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ish joylariga ega bo‘lish kabi boshqa ko‘plab huquqlarga ham bog‘liq.

Odamlar o‘z huquqlaridan foydalana oladigan joylarda farovonlikka intiladi. Bu huquqlar buzilgan hollarda, odamlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilib, o‘zlarining salohiyatlariga to‘liq erisha olmaydi.

UNFPA ijrochi direktori doktor Natalya Kanem “Tanlov dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Bu xotin-qizlarning farovonligini tezda yaxshilaydi, oilalarni o‘zgartiradi va global rivojlanishni jadallashtiradi” , — deb yozadi hisobotning muqaddimasida.

Hisobotda dunyoning barcha mamlakatlarida ularning aholi unumdorligi dinamikasi tasniflanadi. Unda har bir mamlakat uchun reproduktiv tanlovlarni kengaytirishga yordam beradigan siyosat va dasturlar uchun aniq tavsiyalar mavjud.

Hisobotda aytilishicha, haqiqatan tanlov erkinligini ta’minlash uchun mamlakatlar, birinchi o‘rinda, zamonaviy kontraseptivlarni ham inobatga olgan holda, sifatli reproduktiv salomatlikdan barchaning birdek foydalana olishiga; yaxshi ta’lim, shu jumladan, jinsiy yoshga mos ta’lim olishni ta’minlash; ayollar va qizlarning huquq va istaklarini qo‘llab-quvvatlashga oid erkaklarning nuqtai nazarini o‘zgartirish uchun intilish va bolalarga erkin ravishda munosib g‘amxo‘rlik ko‘rsatish singari choralar hamda usullar orqali ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni ko‘proq ta’minlagan holda, o‘zlari xohlasalar juftlar uchun ko‘proq farzand ko‘rish imkoniyatini soddalashtirishga e’tibor qaratilishi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют