» » Leykozga chalingan Fayzbek yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj

Leykozga chalingan Fayzbek yaxshi insonlar ko‘magiga muhtoj


Fayzbek Bahriddinov 2014-yil 30-aprelda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. U bir yildan beri qo‘rqinchli tashxis — o‘tkir limfoblastli leykoz bilan kurashmoqda. Onasining so‘zlariga ko‘ra, unga 86 foizli oqqon tashxisi qo‘yilgan.

Ayni kunlarda ona-bola poytaxtda. Hozir qo‘llab-quvvatlovchi kursda.

2017-yilning oktabr oyini oxirgi kunlarini birida bolada ishtahani yo‘qolishi, qoni kamayishi va qattiq oyoq og‘rishi boshlangan. Bundan tashvishga tushgan ona farzandini tumandagi shifoxonaga olib borgan. Tumandagi shifokorlar viloyatga olib borishlarini aytishgan.

Bu vaqt ichida bolaning ahvoli yanada og‘irlashgan. Nihoyatda ozib, rosa qoni kamayib ketgan. Bemor viloyat shifoxonasiga olib borib tekshirilgan va uch kun davomida davolangan. Lekin, sog‘lig‘i ijobiy tomonga o‘zgarmay, salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatilgan. Ular Fayzbekni oqqon kasaliga chalinganini taxmin qilishib, uni Toshkent shahrida joylashgan Onkogematologiya markazidagi malakali shifokorlar qo‘lida tekshirtirib, davolatish zarurligini aytishgan. Shundan so‘ng Toshkent shahriga yo‘llanma olgan mushtipar ona poytaxtga shoshgan.

“Bir necha og‘ir davolash kurslaridan keyin bor pulimiz ham tugab bitdi. Qarindoshlardan, tanishlardan olingan qarzimiz miqdori 25 million so‘mdan oshib ketgani va har kursda besh million so‘mdan ortiq mablag talab etilayotgani uchun qiyin vaziyatda qolib, kurslarni davom ettirishga moddiy tomondan imkoniyatimiz yetmay qoldi. Umidim avvalo Allohdan, so‘ngra saxovatpesha insonlardan”, — deydi onasi.

Mushtipar ona saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj. Unga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Bir ayolning farzandi sog‘lom holda bag‘riga qaytishiga ko‘makchi bo‘laylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Onasi Musurmanova Salomat nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600-0609-2379-0464

Xorijdan mablag‘ yubormokchi bo‘lganlar uchun pasport malumotlari:

Musurmanova Salomat Ruzmamatova

Pasport raqami: AA 3128511

Onasi Salomat Musurmanovaning telefon raqami:

+99890 523 50 07



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют