» » Qoraqalpog‘istondagi bayramoldi yarmarkalarda mol va qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan sotilmoqda

Qoraqalpog‘istondagi bayramoldi yarmarkalarda mol va qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan sotilmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida ham Yangi yil bayrami oldidan bozorda narx-navo barqarorligini, aholining bayram dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida savdo yarmarkalari tashkil qilingan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yarmarkalarda 29 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sotuvga qo‘yilgan.

– Bayramoldi savdo yarmarkalarida mol va qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan, tovuq go‘shti 12 ming, tuxum 500 so‘mdan sotilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston dehqon bozorlari birlashmasi boshlig‘i Kamoliddin Avezmatov.

– Nukus shahrida 6 joyda yarmarka tashkil etilgan. Savdo yarmarkalari kelasi yil 5-yanvargacha davom etadi.

“Nukus dehqon bozori”da tashkil qilingan yarmarkada hududdagi baliq, go‘sht, poliz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan 24 korxona va dehqon-fermer xo‘jaligi o‘z mahsulotlarini sotmoqda.

Aholiga bayram kayfiyati ulashish maqsadida yarmarkalarda maxsus konsert dasturlari ham tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют