» » Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Qurolli Kuchlar faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Qurolli Kuchlar faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


“Vatanparvarlik” oyligi doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti Madaniyat markazida Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” nomli davra suhbati uyushtirildi.

Bilim yurti kursantlari va Toshkent viloyati Chirchiq davlat Pedagogika instituti talabalari tarkibidan iborat mazkur uchrashuv yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish bilan bir qatorda harbiy sohadan faxrlanish hislarini mavjlantira oldi. O‘zaro savol javob tarzida o‘tgan davra suhbati davomida Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan O‘zbekiston tarixi va armiyasiga taalluqli savol-javoblar yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazib, faxriylar tomonidan yoshlarga jahon va o‘zbek adabiyotining yozuvchilari tomonidan yaratilgan kitoblar hadya etildi.

— Faxriylar bilan uchrashuv menda katta taassurot qoldirdi, — deydi kursant Azizbek Hamidov. — Biz bo‘lajak ofitserlar armiya hayotida zalvorli yo‘lni bosib o‘tgan harbiylardan doimo faxrlanamiz. Ular qoldirgan iz biz uchun katta bir maktab. Tadbirimizda institut yoshlarining ishtiroki esa ularga milliy armiyamiz hayotini jonli tarzda ko‘rsatib bera oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют