» » Toshkentdagi 15-maktabda qahramonlarcha halok bo‘lgan kapitan R.Vasilyevning jasorati yodga olindi

Toshkentdagi 15-maktabda qahramonlarcha halok bo‘lgan kapitan R.Vasilyevning jasorati yodga olindi


“Vatanparvarlik” oyligi doirasida  “Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot” shiori ostida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan 15-sonli umumta’lim maktabida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi kapitan Vasilyev Ravil Rashidovich xotirasiga o‘rnatilgan byust oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Marhum kapitan R.Vasilyev xotirasini yodga olish va ko‘rsatgan yuksak jasorati uchun ehtirom ko‘rsatish maqsadida maktabning a’lochi o‘quvchilari tomonidan davlat madhiyasi ijrosida davlat bayrog‘i ko‘tarildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan yurt tinchligiga tajovuz qilgan terroristik harakatlarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan kapitan R.Vasilyevning jasorati yodga olindi. So‘ng o‘quvchi-yoshlar va harbiylar tomonidan maktab hovlisiga o‘rnatilgan haykali poyiga gul qo‘yildi.

Tadbir davomida maktabning boshlang‘ich va yuqori sinflarida o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun “Jasorat” darslari o‘tkazildi. Tadbir “Vatanparvarlik” oyligi doirasida o‘tkazilayotganligi munosabati bilan maktabning o‘quvchi qizlari  “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan harbiylarni va o‘g‘il bola sinfdoshlarini tabriklab, tadbir kayfiyatiga kayfiyat ulashishdi.

Tadbir so‘nggida marhum kapitan R.Vasilyev xotirasiga kursantlar va o‘quvchilar o‘rtasida  “Shaxmat-shashka” sport o‘yini o‘tkazildi va g‘oliblar bilim yurti qo‘mondonligi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют