» » Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari hamkorlik dasturini imzoladi

Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari hamkorlik dasturini imzoladi


Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Dastur doirasida vazirliklar xalq ta’limi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash va qonun hujjatlari ijrosini tashkil etish, shuningdek, mazkur sohaga doir qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishda o‘zaro hamkorlik qiladi. Jumladan, tomonlar xalq ta’limi muassasalarida huquqiy savodxonlik burchaklarini tashkil etadi.

Shu bilan birga, vazirliklar xalq ta’limi muassasalari xodimlari faoliyatini mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq tashkil etishda hamkorlik qilishi belgilangan. Xususan, tomonlar O‘zbekiston bo‘ylab xalq ta’limi muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va “odob-axloq” oyligini o‘tkazish hamda korrupsiya haqida tezkor va anonim xabar berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirgan.

Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchi obro‘si, sha’ni va qadr-qimmatini oshirish vazifasi yuklatilgan. Dastur doirasida vazirliklar ushbu yo‘nalishda o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida tadbirlarni amalga oshiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xalq ta’limi sohasidagi kamchiliklar hamda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor munosabat bildirib borishda ham tomonlar hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Shu bilan birga vazirliklar xalq ta’limi sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan tarqatma targ‘ibot materiallarini tayyorlash va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Dastur doirasida “Huquqiy savodxonlik oyligi”, “Odob-ahloq oyligi” kabi tadbirlar, maktablarda huquqiy savodxonlikni oshirish uchun maxsus darslar o‘tkazish rejalashtirilgan. Maktablarda bo‘lajak huquqshunoslarni tarbiyalash dasturlari amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha huquqiy targ‘ibot sohasida Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishi hamda bu borada qonun ustuvorligini ta’minlanishiga, shuningdek, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют