» » “Biz baxt ulashamiz”: Murad Buildings 2017-yilda bizga qanday syurprizlarni tayyorlamoqda?

“Biz baxt ulashamiz”: Murad Buildings 2017-yilda bizga qanday syurprizlarni tayyorlamoqda?


1-martdan 3-martgacha poytaxtda eng yirik xalqaro ko‘rgazma — UzBuild 2017 bo‘lib o‘tmoqda. O‘zekspomarkazda qad rostlagan ko‘plab ko‘rgazma stendlari orasida ampir uslubida yaratilgan ikki qavatli ijod namunasi ajralib turibdi. Uni hatto stend deb atash ham qiyin — bu haqiqiy qasr, qurilish mahoratining kichik hajmdagi shohasari.

Ammo Murad Buildings qurilish kompaniyasidan boshqa narsani kutmagandik ham: bir necha yillik faoliyati davomida kompaniya aynan o‘zining nafis uslubi, o‘zgarmas sifati va qurish tezligining yuqoriligi sharofati bilan tanildi.

“Daryo” muxbiri 2017-yilda rejalashtirilayotgan obyektlar bo‘ylab “ekskursiya”da bo‘lib qaytdi, uni kompaniya egasi va bosh ilhomchisi Murod Nazarov olib bordi.

Kirib kelgan yilda qurish rejalashtirilgan birinchi majmua — “Mufarrah”. Toshkentning qoq markazi (S4)da joylashadigan majmuada oddiylik va nafislik mujassamlashgan. Sakkiz qavatli binoning birinchi qavatida ikki pog‘onali xonadonlar joylashadi, sakkizinchi qavatda esa vitraj derazalar tufayli shaharning go‘zal manzarasi namoyon bo‘ladi. Kompaniyaning boshqa majmualari kabi, “Mufarrah” ham bolalar maydonchasi, avtomobillar turargohi va ko‘kalamzor hududga ega bo‘ladi.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan keyingi loyiha bizni bir qarashdayoq hayratda qoldirdi. “Felicit?” turar-joy majmuasi Yevropaning salobatli gotik saroylarini eslatuvchi klassik italyancha uslubda quriladi. Murod Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihani yaratishda unga Pragadagi “Parij” mehmonxonasining ajoyib binosi ilhom bag‘ishlagan. Ushbu nafis majmuani asoschi o‘z onasiga bag‘ishlagan.

Uyning birinchi qavati xizmat ko‘rsatish sektori: kafe, restoranlar, sport zallari, do‘konlar, go‘zallik salonlari uchun ajratilgan. Shaharning yuragida, gavjum ko‘chada (Abdulla Qahhor ko‘chasida) joylashadigan ushbu uy faol hayot tarzini afzal ko‘ruvchi zamonaviy odamlar uchun a’lo tanlov bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, aynan shu besh qavatli binodagi xonadonlarning 70 foizi allaqachon sotib olingan, vaholanki, binoning hali poydevori ham qurilmagan. Bu, shubhasiz, iste’molchilar haqli ravishda kompaniyaga bildirayotgan katta ishonchdan darak beradi.

Barcha uchta majmua orasida “Do‘stlar” futurizm ruhida yaratilgan. Bu fantastik filmlardagi “kelajak uyi”ni eslatuvchi innovatsion inshoot. Bino fasadida ko‘kalamzor elementlari ishlatilgan, bu shaharning ajoyib manzarasiga qaragan katta derazalar bilan qiziqarli kontrastni yuzaga keltiradi.

Sakkiz qavatli imorat rivojlangan infratuzilmali markaziy tumanda, Mustaqillik maydonidan ikki qadam narida joylashadi. Qolaversa, 64 ta xonadonda yashovchilarning barchasi bino tomida tashkil qilingan fitnes-markazda shug‘ullanayotib, maydon manzarasidan bahramand bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ko‘rgazmada virtual reallik galereyasida kompaniyaning bo‘lg‘usi loyihalarini virtual reallikda tomosha qilish mumkin bo‘ldi.

Kompaniyaning yaqin bir yil uchun mo‘ljallangan rejalari orasida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish ham o‘rin egallagan. Sir emaski, Murad Buildings ijtimoiy mas’ul imorat soluvchi bo‘lib, har yili jamoatchilik uchun ahamiyatli bo‘lgan u yoki bu loyihalarni amalga oshiradi, chunonchi, jamoatchilik trenajyorlarini tashkil qiladi, qushlar uchun inlar quradi. Kompaniyaning harakatlari bilan xayriya asosida Sharqshunoslik instituti qavatlaridan biri, shuningdek, shahar bolalar bog‘chalaridan biridagi xona ta’mirlandi.

Kompaniyaning “Biz baxt ulashamiz” degan shiori shunchaki balandparvoz so‘zlar emas. Murad Buildings uy qurmaydi — ular yashash yoqimli va qulay bo‘lgan puxta o‘ylangan, chiroyli, sifatli majmualarni barpo qiladi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (3-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют