» » Tojikiston Markaziy “Osiyo Shengeni”ga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda

Tojikiston Markaziy “Osiyo Shengeni”ga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda


Tojikiston hukumati mamlakatni iyunda Qozog‘iston Senati Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva tashabbusi bilan joriy etilayotgan “Osiyo Shengeni”ga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda “News.tj” xabar berdi.

O‘shanda u chet ellik sayohlarni jalb qilish uchun O‘zbekistonga Shengen vizasining Osiyo varianti Silk Visa yaratishni taklif qilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida “Ipak yo‘li vizasi”ning joriy etilishi hududga chet ellik sayyohlar oqimini oshiradi.

Silk visa loyihasi dastlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2019-yilning fevralidan yo‘lga qo‘yiladi.

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Silk Visa loyihasining dastlabki natijalari o‘rganilib, keyingi yil o‘rtalarida so‘nggi qarorga kelinadi”, — deydi O‘zbekistonning Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v.b. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev.

“Silk Visa loyihasi ikki mamlakat idoralari tomonidan kelishildi, “faqat texnik tomonlarini o‘rganish qoldi”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev mazkur vizaga Qirg‘iziston va Tojikiston qiziqish bildirayotgani, Turkmaniston esa ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Mazmunan, “Ipak yo‘li viza”si egasi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biriga kirib, keyin boshqa respublikalar hududida erkin harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Qozog‘iston mazkur loyihaga Ozarbayjon va Turkiyani ham qo‘shmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston Ipak yo‘li mamlakatlari o‘rtasida viza tartibini joriy etish haqida noyabr oyi o‘rtalarida kelishuv imzolagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют