» » 31-dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobuslar ish rejimi 1 soatga uzaytiriladi

31-dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobuslar ish rejimi 1 soatga uzaytiriladi


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 2018-yil 31-dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, barcha avtobus yo‘nalishlaridagi avtobuslar Yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda, haydovchilarni bayram kunlari Qorbobo kiyimida ishga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munobati bilan Toshkent shahri ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakatining vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

- Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

— Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

— Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali “Abay – A.Qodiriy” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

— So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlarning barchasi Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mexmonlariga mazmunli hordik chikarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют