» » Bugun, 25-dekabr kuni marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ma’lum qismi yopiladi

Bugun, 25-dekabr kuni marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ma’lum qismi yopiladi


Bugun, 25-dekabr kuni soat 09:00 da Toshkent kichik halqa yo‘lida “Vatanparvarlik” marafoniga start beriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

15 kilometr masafoni tashkil etadigan marafon Crafers (“Amilov”) qandolat fabrikasidan boshlanadi. Finish chizig‘i Toshkent Janubiy vokzali oldida.

Mazkur marafon “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, marafonda Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining xodimlari qatnashadi, shuningdek, barcha fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.

G‘olib va sovrindorlar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan medallar, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi. Mudofaa vazirligi yuzaga keladigan noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют