» » Beldersoy hududida 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi

Beldersoy hududida 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Beldersoy hududida 24-dekabr, dushanba kuni 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi. Ularning uchchovi ham Toshkentdan, mahalladosh bo‘lgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Guvohlar yigitlarni (ularning ikkisi 19 va 24 yoshda bo‘lgan) taxminan soat 16.00 da kanatkada toqqa ko‘tarilayotganini ko‘rgan. Qutqaruvchilar muzlab qolgan jasadlarni qor ostidan soat 21.00 atrofida chiqarib olgan.

“Ko‘chki aniq bo‘lmagan. Ular man etilgan joylarda, ajralib turuvchi belgilarsiz uchgan. Dastlabki taxmin — ular snoubordda tushayotib qoqilib ketgan va qor uyumiga kelib tushgan”, — ta’kidladi nashrning FVVdagi manbasi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, o‘lim sabablariga aniqlik kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют