» » O‘zbekistonlik erkak Qirg‘izistondan deportatsiya qilinishini eshitib, zahar ichishga urindi

O‘zbekistonlik erkak Qirg‘izistondan deportatsiya qilinishini eshitib, zahar ichishga urindi


19-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jayil tuman sudi Alisher Asatullayevni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.

Qirg‘izistondan deportatsiya qilinishi to‘g‘risida sud qarorini eshitgach, Alisher sud zalida o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Ma’lum bo‘lishicha, 19-dekabr kuni sudya T.Tursunbekov raisligidagi sud O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Asatullayevning Qirg‘iziston Respublikasi hududida belgilangan ro‘yxatga olish tartibini buzgan holda doimiy yashash huquqisiz yashab kelganligi aniqlangan bo‘lib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 390-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topdi.

Sudya uni Qirg‘izistondan chiqarib yuborish tarzida ma’muriy jazoga tortish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Sudning qarori e’lon qilingach, A.Asatullayev sud binosida o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qildi va og‘ziga zaharli modda olishga harakat qilganda militsiya xodimlari uni o‘z joniga qasd qilishdan to‘xtatib, zaharni Asatullayevning og‘zidan majburan olib tashladi.

A.Asatullayevning tarafdorlari uni Qirg‘izistondan deportatsiya qilinishining sababi sifatida uning ikki yil davomida shahar deputati bilan bitta xonadonga tegishli bo‘lgan hujjatlarni o‘zlashtirishda ishtirok etganini isbotlashi mumkinligi deb hisoblaydi.

Asatullayev tarafdori Sulaymon Muratovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk firibgarligidan zarar ko‘rgan bir guruh odamlar mavjud. Ularning hammasi birgalikda har birini himoya qiladi. “Biz tajribali huquqshunoslarni yollab, oddiy odamlardan mol-mulk tortib olayotganlarni javobgarlikka tortamiz. Bularning ko‘plari orqasida mansabdor kuchli odamlar bor. Masalan, bizda turli darajadagi 17 nafar sudyalar ishtirok etayotgan arizalar bor. Yaqinda men milliy nizo qo‘zg‘ashda ayblandim(Qora-Baltada). Politsiya, prokuratura va elchixonalardan iborat komissiya tuzildi. Komissiya biz millatidan qat’i nazar muhtoj bo‘lgan barcha odamlarni himoya qilishimizga ishonch hosil qildi”, — deydi Muratov.

Muratovning so‘zlariga ko‘ra, A.Asatullayev ko‘p yillar davomida oilasi bilan yashagan egasiz uyga da’vogarlik qilmoqda. Qora-Balta shahar kengashi deputati Oliy sud orqali mulkni olish huquqini qo‘lga kiritdi. “Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 350-moddasiga asosan uyni sotib olish uchun soxta ma’lumotnoma tayyorlaganlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tez orada sud. Shuning uchun ular Alisherni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi, hech kim bo‘lmasa, muammo ham bo‘lmaydi-da”, — deydi Muratov.

“O‘zbekiston fuqaroligiga kelsak, Alisher Asatullayev Qirg‘izistonda 20 yilga yaqin yashayotganini aytdi. 2014-yilda u Qirg‘iziston fuqaroligini noqonuniy ravishda olganligi uchun uch yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan. Muddatini o‘tagan. Moskva viloyati sudining qarori bilan Qirg‘iziston fuqarosining pasporti undan olinmagan, aksincha — Qirg‘izistonda yashash maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu qarorga qarshi hech kim shikoyat qilmagandi”,— deydi Muratov.

“Men bu yerda yashadim va ikki nafar farzandim uchun yashashni davom etaman. Men mehribonlik uyida o‘sganman va farzandlarim ham mening taqdirimni takrorlashini xohlamayman”, — deydi A.Asatullayev.

Ayni paytda A. Asatullayev tarafdorlari Chuy viloyat sudiga Jayil tuman sudining Qirg‘izistondan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat tayyorlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют