» » Yaxshilik qilish oson: Qarshilik bolalar endi yangi uyga ega bo‘ldi

Yaxshilik qilish oson: Qarshilik bolalar endi yangi uyga ega bo‘ldi


Qarshi shahridagi nogiron bolalarga mo‘ljallangan “Muruvvat” internat uyning jajji tarbiyalanuvchilariga yashash va rivojlanish uchun ajoyib shart-sharoitlar yaratildi. 2018-yil 23-dekabr kuni kapital rekonstruksiyadan so‘ng ushbu uyning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xayriya loyihasi “Gazprombank” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Rivojlanish strategiyasi” markazi va boshqa hamkorlar ko‘magida amalga oshirildi.

Internat uy 1976-yilda qurilgan. 2002-yilda uning qo‘shimcha binolari qurilgan, 2012-yilda esa kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Shu yilning aprelida zamonaviy standartlar, birinchi navbatda, sanitariya me’yorlaritalablariga javob beruvchi kompleksni tashkil qilish maqsadida Qarshidagi nogiron bolalar uchun mo‘ljallangan internat uyni kapitalrekonstruksiya qilish ishlari boshlangan.

Rekonstruksiya davomida bir necha korpuslar buzib tashlandi, yangi oshxona va bosh korpusni oshxona bloki bilan bog‘lovchi yangi binolar qurildi.Bolalar va xodimlar qulayligi uchun kasalxona lifti o‘rnatildi, barcha palatalarda havoni konditsionerlash va shamollatishtizimlari montaj qilindi.

Shuningdek,quvvati va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi qozonxona o‘rnatildi. Zarur normativlargamos ravishda hududga kanalizatsiya tarmog‘i tortildi, o‘t o‘chirish bo‘yicha 100 tonna suv sig‘imiga ega yangi tizim o‘rnatildi.

“Muruvvat” internat uyi yangi mebel bilan jihozlandi va yon-atrofdagi hudud to‘liq obodonlashtirildi. Kapital xarajatlarning umumiy summasi 22 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.

Mazkur internat uyining ochilishi marosimida so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev shuni ta’kidladiki, hududdagi ijtimoiy soha muassasalari mamlakat rahbariyati va shaxsan O‘zbekiston Prezidentining doimiy g‘amxo‘rligi va e’tibori tufayli mutlaqo yangi, munosib shart-sharoitlarga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, hokim internat uyning yangi qiyofaga ega bo‘lishi uchun mablag‘ kiritishdan tashqari, astoydil qayg‘urgan homiylarga o‘z minnatdorligini bildirdi. “Bemor bolalarga bunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga e’tibor qaratish- ulkan va xayrli ish”, — dedi hokim.

Qarshi shahri “Muruvvat” internat uyining direktori Ro‘ziqul Xo‘jayev o‘z interyusida ta’kidlaganidek, endi nafaqat bolalar, balki xodimlar ham bolalarni moslashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish va rivojlantirish uchun ajoyib shart-sharoitlarga ega bo‘ldi. Ushbu kompleks innovatsion uslublarni qo‘llash borasida ham yangi imkoniyatlarga yo‘l ochdi. Internat uyning tarbiyalanuvchilariga ikkita poni ot sovg‘a qilindi, bolalar bundan behad xursand. Bolalarni ot ustida sog‘lomlashtirish maqsadida sayr qildirish va jonivorlar bilan muloqot qilishyo‘li bilan reabilitatsiya qilish “ippoterapiya” deb ataladi. Bu usul o‘zining ta’sirchanligini isbotladi va bolalarda muhim tuyg‘ularni rivojlantirish, tashqi muhitga tezroq moslashtirish imkonini beradi.

Binolar kompleksi qurilishida tashkilotchilar tomonidan jonivorlarni saqlash uchun joylar ham ko‘zda tutilgan. Ayni chog‘da poni otlari Qarshi iqlimiga moslashish jarayonidan o‘tmoqda.

Internat uyning direktori ta’kidlaganidek, yangi bino 300 nafar bolaga mo‘ljallangan va hozirgi paytda u yerda 286 nafar bola istiqomat qiladi. “Ikki yil avval barcha muammolarimiz keskinlashib ketdi, bolalarning turmushi, xodimlarning faoliyati uchun normal shart-sharoitlar yo‘q edi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minotida kamchiliklar mavjud edi, — deb eslaydi Ro‘ziqul Xo‘jayev. Ammo bugungi kunda bu yerda yangi shamollatish tizimi, konditsionerlar o‘rnatilgan, issiq pol yotqizilgan, zamonaviy jihozlarga ega yangi oshxona qurilgan.Bularning barchasi bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan birga, munosib sharoitlarda ishlash imkonini beradi. Biz mamlakatimiz Prezidentidan ushbu yangi yil tuhfasi uchun behad minnatdormiz”.

Shuni ta’kidlash kerakki, davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uchun salmoqli mablag‘lar sarflanmoqda. 300 nafar bola uchun normativda qariyb 300 mutaxassis ko‘zda tutilgan. Shundan 27 tibbiyot xodimi, 75 tarbiyachi, 50 xo‘jalik xodimi, enagalar. Ushbu muassasaga uch yoshdan kelib tushadigan bolalar bilan o‘quv ishlari olib boriladi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Komissiya tomonidan tanlab olingan ayrim bolalar bilan o‘qituvchilar yakka tartibda shug‘ullanadi. Hozirgi paytda buning uchun alohida sinfxonalar tashkil qilingan, demak, bunday bolalarning moslashuvi yaxshiroq kechadi.

Majmuaning tantanali ochilishi marosimida homiylik tashkilotlari vakillari, shuningdek, Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev so‘zga chiqdi.

“O‘zbekistonda Ombudsman instituti faoliyatining yo‘nalishlaridan biri – Qarshidagi nogiron bolalar uchun mo‘ljallangan internat uyi holatini monitoring qilishni tashkil etadi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ko‘rsatmoqda. Barcha islohotlarning mazmuni va asosini inson huquqlari va, shu jumladan, bolalar huquqlari tashkil etadi. Ushbu internat uyda yaratilgan shart-sharoitlar boshqa viloyatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bundan tashqari, bu davlat tuzilmalari va ijtimoiy mas’ul biznesning samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Bunday hamkorlik – bolalarimiz manfaatlariga yo‘naltirilgan!”, — deb ta’kidlali Ulug‘bek Muhammadiyev.

“Rivojlanish strategiyasi” markazining direktori Akmal Burxonov ham ushbu ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadga muvofiq va nihoyatda dolzarbekanligiga ishonchi komilligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, markaz mutaxassislari muntazam ravishdaO‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida, shu jumladan, ijtimoiy sohada islohotlar amalga oshirilishini monitoring qilib boradi. Bunday ishlar natijasida hukumatga muayyan takliflar kiritilgan.

“Shunisi quvonarliki, mamlakat rahbariyati va qator viloyatlar hokimlari tomonidan ularda imkoniyati cheklangan shaxslar istiqomat qiladigan va davolanadigan ixtisoslashtirilganmuassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Va bugungi kunda biz ushbu ishlarning samarasiga guvoh bo‘lib turibmiz.Qarshi shahridagi ushbu internat uy mutlaqo yangi qiyofaga ega bo‘ldi. Bu yerda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan, natijalari to‘liq xalqaro standartlarga javob beradi. Bolalarning normal turmush kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, shu jumladan, zamonaviy jihozlar yetkazib berilgan va foydalanilmoqda. Umid qilamizki, bu ish tobora kengayib boradi, mamlakatimizdagi bunday muassasalarga e’tiborni kuchaytirish lozim. Mazkur loyiha boshqa muassasalar, idoralar, biznes jamiyatlari va fuqarolarimizuchun o‘rnak bo‘ladi, ya’ni say’-harakatlarni birlashtirish orqali shunday natijalarga erishish mumkinligini isbotlaydi”, — dedi Akmal Burxonov.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют