» » Toshkentda balandligi 136 metr bo‘lgan 27 qavatli turar joy binosi quriladi

Toshkentda balandligi 136 metr bo‘lgan 27 qavatli turar joy binosi quriladi


Toshkent markazida “Stalin osmono‘parlari” uslubidagi 27 qavatli turar joy binosi quriladi. Bu haqda “RBK” axborot agentligiga “Murad Buildings” kompaniyasi buyurtmasiga binoan bino loyihasini yaratgan Moskvaning “Tochka Dizayna” arxitektura byurosi xabar berdi.

“Minora me’moriy ko‘rinishi Stalin osmono‘par binolaridan ilhomlangan”, — deydi loyiha muallifi Vladislav Zaysev.

Binoning old tomoni sharqona naqshlar va tabiiy toshlar elementlari bilan bezatiladi. Ichki bezaklarda tabiiy tosh va massivdan foydalanish rejalashtirilmoqda. “M-Tower” deb nomlangan 136 metrlik minora 2020-yilgacha Yakkasaroy tumanida quriladi. Binoning maydoni 22 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.

Birinchi qavat xususiy va jamoat joylariga ajratiladi, ikkinchi va uchinchi qavatlar to‘liq savdo maydoniga bag‘ishlanadi: ofislar, do‘konlar, fitness markazi va spa-salon.

To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha turar joylar joylashadi. Majmua tarkibida shuningdek, garaj binosi, uning tomida restoran, qish bog‘i mavjud bo‘ladi.

“Stalin osmono‘parlari” 1947—1957-yillar mobaynida Moskvada qurilgan yettita baland binolardir. Ular urushdan keyingi davrning “Sovet Art Deko” shahar me’morchiligining cho‘qqisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют