» » FVV Beldirsoyda uch nafar snoubordchi halok bo‘lgani yuzasidan bayonot berdi

FVV Beldirsoyda uch nafar snoubordchi halok bo‘lgani yuzasidan bayonot berdi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Beldirsoyda halok bo‘lgan uch nafar snoubordchi haqida ma’lumot berdi.

24-dekabr kuni Toshkent viloyati FVB tezkor navbatchisidan olingan ma’lumotiga ko‘ra, soat 16:00 larda Bo‘stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasining “Dor yo‘lagi” (kanat yo‘li) hududida 3 nafar fuqaro (M.M. 1994-yilda tug‘ilgan, M.M. 1999-yilda tug‘ilgan, M.S. 1999-yilda tug‘ilgan) snoubord sport turi bilan shug‘ullanish jarayonida, taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etgan.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida fuqarolarning jasadlari soat 19:05 da qor uyumlari ostidan olib chiqildi.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga tog‘li hududlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют