» » Andijonda Yoshlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Andijonda Yoshlar markazi binosi foydalanishga topshirildi


Andijon shahrining Cho‘lpon shohko‘chasida Yoshlar markazi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Barcha qulayliklarga ega faollar zali, konferensiya va forumlar zali, axborot-resurs markazi, “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi hamda 500 o‘rinli asosiy zaldan iborat markaz binosi Andijon shahridagi “Qishloq qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchi va mutaxassislari tomonidan barpo etildi.

2017—2018-yillar davomida olib borilgan qurilish-rekonstruksiya ishlariga 11 milliard so‘mdan ziyod, jihozlash uchun 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Endi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi ham mazkur binoda faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, kelgusida kompyuter savodxonligi, ingliz, rus, koreys tillari, shaxmat-shashka, tasviriy san’at, pazandalik, raqs, teatr, yosh jurnalistlar, umuman, 6 yo‘nalishda qirqqa yaqin to‘garak, fitnes klub, diniy-ma’rifat, psixologik yordam ko‘rsatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Qariyb 1,5 ming nafar yigit-qizni mashg‘ulotlarga jalb etish imkoniyati yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют