» » Messi 2018-yilda kuchli beshlik chempionatlarida 6 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Messi 2018-yilda kuchli beshlik chempionatlarida 6 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda


“Barselona” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2018-yilda 5 ta yetakchi chempionatdagi barcha futbolchilar orasida 6 ta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Chempionat.com” xabar berdi.

Yakunlanayotgan yilda Messi eng ko‘p gol urdi, golli uzatma berishda ham yetakchilik qildi, eng ko‘p aldamchi harakatlarni amalga oshirdi, jarima zarbasidan va jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol qilishda ham eng yuqori natijaga erishdi, bundan tashqari barcha futbolchilar orasida eng ko‘p golli vaziyatlarni yaratdi.

Qayd etish joiz, argentinalik hujumchi turli sabablarga ko‘ra jami uch hafta o‘yinlarda maydonga tushmagan.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Oltin to‘p” — 2018 ga ovoz berish jarayonida 5 o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют