» » Bosh prokuror o‘rinbosari: “Qonunsizlikka ko‘nmaslik kerak”

Bosh prokuror o‘rinbosari: “Qonunsizlikka ko‘nmaslik kerak”


Bosh prokuratura tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili“da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Bosh prokuratura mas’ul hisoblangan bandlari ijro etilishining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan press-konferensiya tashkil etildi, deb xabar berdi O‘zA.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturining 63 bandida, shu jumladan, 21 bandida mas’ul ijrochi sifatida belgilangan Bosh prokuratura tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Jumladan, davlat boshqaruvi organlari tizimini tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi doirasini qayta ko‘rib chiqish asosida 86 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Bosh prokuraturaning bevosita ishtirokida ishlab chiqilib, qabul qilindi.

Anjumanda davlat boshqaruviga zarar yetkazib kelgan 81 kollegial organ tugatilganligi ma’lum qilindi. 21 tasi qayta tashkil etilgan.

Tadbirda Erkin Yo‘ldoshev halol tadbirkor uchun prokuratura organlarining eshiklari hamisha ochiq ekanini ma’lum qildi.

“Hech kim qonunsizlikka ko‘nmasligi, aksincha, qonuniy haqini talab qilishni bilishi kerak. Shunda qonunbuzarlik barham topadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют