» » Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani boshqa “qardosh davlat” deb atamaydigan bo‘ldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani boshqa “qardosh davlat” deb atamaydigan bo‘ldi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani endi “qardosh davlat” deb atamaydi, deb xabar berdi “Znak.com”.

Belarus prezidenti bu haqda Minskning Moskva bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida ma’lum qilgan.

Aleksandr Lukashenkoning qayd etishicha, Rossiya Belarus uchun asosiy tashqi hamkor hisoblanadi.

“Men Rossiyani ‘qardosh davlat’ deb atamayapman. Chunki menga xabar berishlaricha, Rossiya tomonidan bu ibora qabul qilinmayapti. Go‘yoki bu holat hukumatga yangi kelgan ayrim insonlarga tushunarsiz emish. Nimayam derdim, shunchaki hamkorlar bo‘lamiz”, — deydi Lukashenko.

So‘nggi paytlarda Minsk Kreml bilan neft sohasidagi soliq tizimiga kompensatsiya masalasini muhokama qilmoqda.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning ma’lum qilishicha, Moskva Belarusga ushbu masala yuzasidan hech qanday so‘z bermagan.

Qayd etilishicha, Lukashenko ertaga, 26-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют