» » “Barselona” va PSJ “asr almashtirishi”ni amalga oshirishi mumkin

“Barselona” va PSJ “asr almashtirishi”ni amalga oshirishi mumkin


“Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin deb yozadi Don Balon.

Kataloniya klubi parijliklar hujumchisi Kilian Mbappeni tarkibiga qo‘shib olish uchun Koutinyoni PSJga berib yubormoqchi. “Barselona” fransuz klubiga 150 million yevro hamda braziliyalik o‘yinchini berish taklifi bilan chiqmoqchi.

Ma’lumki, PSJ yetakchisi Neymar va Koutinyo Braziliya terma jamoasida birgalikda to‘p suradi va ular juda qalin do‘st. Koutinyoning olib kelinishi esa Neymarning  PSJda qolishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda klub rahbariyati. Avvalroq chet el nashrlarida Madridning “Real” klubi Neymarga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Neymar Fransiya chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Mbappe hisobida esa 13 ta gol va 8 ta golli uzatma mavjud.

Koutinyo Ispaniya chempionatida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qilishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют