» » Toshkentda tug‘ilgan 3 egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Prezident sovg‘asi — Cobalt topshirildi

Toshkentda tug‘ilgan 3 egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Prezident sovg‘asi — Cobalt topshirildi


Toshkent shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar beradi.

Shuningdek, oilaga Prezident sovg‘asi sifatida kolyaska va turli sovg‘a salomlar yetkazildi.

Avvalroq, 18-dekabrda Toshkentda Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda uch egizakka Prezident sharafiga ism berish holati to‘rtinchi bor qayd etilmoqda. Bundan avval Buxoro, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka ham Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют