» » “Real” Eden Azar uchun bir yo‘la ikki futbolchisini berishga tayyor

“Real” Eden Azar uchun bir yo‘la ikki futbolchisini berishga tayyor


“Real Madrid” Londonning “Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azarni qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘radi, deya xabar beradi Onda Cero.

Madrid jamoasi rahbariyati belgiyalik futbolchi evaziga klubning ikkita futbolchisi — Isko va Mateo Kovachichni “aristokratlar”ga berish taklifi bilan chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Kovachich “Chelsi”ga ijaraga berilgandi. Manbada yozilishicha, London klubi 24 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi xizmatidan mamnun va hamkorlikni davom ettirish istagida.

Isko hamda “Real” bosh murabbiyi Santyago Solari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud. Avvalroq “Chelsi” Iskoga ham qiziqish bildirgandi.

Azar 2012-yildan buyon “Chelsi” tarkibida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda belgiyalik o‘yinchi londonliklar safida 17 uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют