» » Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi


Chet elda ishlagan O‘zbekiston fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi 1-yanvardan keyingi davr uchun to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ba haqda Spot xabar berdi.

“Soliq va udjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar, 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan, 1-yanvardan keyingi to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan, 1-yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Chet elda ishlangan davrlar 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют