» » Toshkentda yilning eng faol yoshlari 6 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi

Toshkentda yilning eng faol yoshlari 6 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi


Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti” bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofot davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim, ijtimoiy soha, san’at, madaniyat singari 17 ta nominatsiya bo‘yicha ilg‘or yoshlarga berildi va har bir g‘olib eng kam ish haqining 30 baravari (6 081 900 so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Tanlov g‘oliblari ovoz berish orqali aniqlandi. Unga ko‘ra, “Yilning eng faol huquq targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sadriddin Esonaliyev, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasida “Xorazmlik Rahimovlar” oilaviy korxona rahbari Suhrobbek Rahimov, “Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti” nominatsiyasida “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri Muslima Amanqulova, “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston badiiy akademiyasi Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab internati o‘quvchisi Dilhavas Qodirova singari faol yoshlar g‘olib deb topildi.

Tanlovda imkoniyati cheklanganiga qarmay, besh yildan buyon hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Barno Narzullayeva “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi” nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.

– O‘tgan yili ushbu tanlovning taqdirlash marosimini kuzatib, havas qilgan edim. Bugun o‘zim ham g‘oliblar qatoridaman. – deydi B. Narzullayeva. – Men biserdan turli uy jihozlariga milliy bezaklar beraman. Ishlarimda yurtimizning go‘zal tabiati, milliy qadriyatlarimizni aks ettirishga harakat qilaman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют