» » 2018-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston tijorat banklari 4,2 mlrd dollarlik investitsion kreditlar ajratdi

2018-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston tijorat banklari 4,2 mlrd dollarlik investitsion kreditlar ajratdi


2018-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsiya kreditlari hajmi 35,1 trln so‘mni (4,2 mlrd dollar) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 2,4 marta ko‘p, deya xabar beradi Markaziy bank.

Investitsion mablag‘larning asosiy qismi tarmoq va mintaqaviy rivojlanish dasturlari, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

Oldinroq, O‘zbekiston prezidenti mamlakatda baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga kreditlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Shuningdek, mazkur imtiyozlar parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ham beriladi.

Investitsion kreditlar – uzoq muddatli va maqsadli zayomlar bo‘lib, aniq investitsion dastur asosida beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют