» » O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soliq hisobotini hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi

O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soliq hisobotini hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi


Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Bunda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz solig‘i obyektiga kiritildi.

Soliq imtiyozlari alohida hollarda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ham nazarda tutilishi mumkin. Ilgari imtiyozlar faqat Soliq kodeksida, qonunlarda hamda Prezident qarorlarida belgilangan.

Endilikda yirik soliq to‘lovchilar, joylashgan yeridan qat’i nazar, soliq hisobotini yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi. Ilgari soliq hisoboti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga taqdim etilgan.

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan summani boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga yoki boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish Moliya vazirligi g‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari ushbu harakat tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshirilgan.

Qonun 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют