» » O‘zbekistonda 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi 2017-yilgi mavsum startida ham e’lon qilinmadi

O‘zbekistonda 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi 2017-yilgi mavsum startida ham e’lon qilinmadi


Bugun — 3-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 2017-yilgi mavsum rasman start oladi.

“Championat.asia”ning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomini hali ham oshkor etganicha yo‘q.

Nashr taxminiga ko‘ra, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hammadan ko‘proq ovoz to‘plagan. Chunki xorijlik bo‘lgani uchun “Lokomotiv” ustozi Mirko Yelichich va “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Lushchan nomzodlari ovozga qo‘yilmagan. Odil Ahmedov esa yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lishi katta ehtimol.

O‘FF eng yaxshilarni aniqlash so‘rovnomasini 2016-yilning 2-dekabr sanasida boshlagan bo‘lib, uni 28-dekabr kuni yakunlagandi. Shundan keyin ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, so‘rovnoma natijalari oshkor qilinmagan.

Bunda eng yaxshilar qachon aytilishi ma’lum emas. 2016-yilning eng yaxshilari 2017-yildagilar bilan birgalikda taqdirlanadimi yoki yo‘q — aniqlik ham kiritilmagan.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют