» » Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati yig‘ilishini o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati yig‘ilishini o‘tkazdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr, seshanba kuni Davlat xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib.

Majlisgacha davlat rahbari DXX faoliyati va uning moddiy-texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Yig‘ilishda DXX tizimidagi islohotlar natijalari va istiqbolga qaratilgan vazifalar, DXXning tashqi va ichki xavflarga qarshi kurashda boshqa davlat organlari va idoralari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, hibsdan ozod qilingan diniy-ekstremistik tashkilotlarning sobiq a’zolarini normal hayotga qaytarishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi qat’iy kurashish, O‘zbekiston xalqining ijtimoiy xavfsizligi masalalariga to‘xtalib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют