» » Sirdaryoliklarning Orolbo‘yi aholisiga bayram tuhfasi yuklangan avtokarvon yo‘lga chiqdi

Sirdaryoliklarning Orolbo‘yi aholisiga bayram tuhfasi yuklangan avtokarvon yo‘lga chiqdi


Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Yangi yil arafasida Orol dengizi atrofida og‘ir ekologik sharoitda yashayotgan o‘zbekistonliklarga turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat hamda Mo‘ynoqda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari uchun asbob-uskunalar yuklangan avtokarvon tashkil etildi. Bugun, 25-kuni kunning ikkinchi yarmida Guliston shahrida avtokarvonni tantanali ravishda kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokchilarga Prezidentning Orolbo‘yi aholisi hayotini yaxshilash, hududda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda global masalaga aylangan ekologik muammoni hal etish borasidagi tashabbuslari tufayli hozir mintaqada katta-katta loyihalar, bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligini ta’kidladi.

Sirdaryodan chiqqan karvon 26-dekabrda manzilga yetib borishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют