» » “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitobi nashr qilinmoqda

“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitobi nashr qilinmoqda


“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitobi nashr qilinmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Olimlar tomonidan hozirgi kunga qadar mazkur yuz jildlikning 50 dan ortiq jildi nashrga tayyorlandi. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2015 — 2018-yillarda uning dastlabki 13 jildi chop etildi.

Joriy yilda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining yetti jildi va janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbeklarning ertaklaridan tuzilgan “Donishmand Iskandar” nomli 50-jildi nashrga tayyorlandi.

Mazkur 100 jildlik o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi asarlarining eng mukammal namunalarini qamrab oladi. Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlardan iborat bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют