» » O‘zbekistondagi hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi

O‘zbekistondagi hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi


O‘zbekistonda Prezident qarori bilan hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha undirilgan jarima mablag‘lari Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalarini shakllantirish manbalaridan biri etib belgilandi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun sarflanadi:

Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolarini moddiy rag‘batlantirish;

Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют