» » O‘zbekistonda xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi


Prezident qarori bilan 2019-yilda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

“Yo‘l xaritasi”da jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagicha tadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan:

Qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, xususan, nodavlat tashkilotlarga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash faoliyatiga va xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish;

Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimi plenshetlarini xarid qilish;

Alkogoldan o‘tkir mastlik holatida bo‘lib, o‘zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug‘diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun har bir tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют