» » O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hududlarga biriktirildi

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hududlarga biriktirildi


Prezident qaroriga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hududlarga biriktirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Jumladan:

Bosh prokurorga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;

Milliy gvardiya qo‘mondoniga — Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;

Ichki ishlar vaziriga — Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.

Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida quyidagicha amaliyot bosqichma-bosqich joriy etiladi:

Prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuziladi va tizimli yuritiladi;

Xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha o‘z strategiyalarini ishlab chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют