» » Toshkentda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi (foto+video)

Toshkentda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi (foto+video)


25-dekabr, seshanba kuni ertalabdan Toshkent kichik halqa yo‘lida “Vatanparvarlik” marafoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

12—15 kilometr masafoni tashkil etgan marafon “Amilov” (Crafers) qandolat fabrikasidan boshlanib, Toshkent Janubiy vokzali oldida yakunlandi.

View this post on Instagram

#men_vatanparvarman #uzarmiya Toshkentda "Vatanparvarlik" marafoni bo‘lib o‘tdi

A post shared by UzbekistanArmy (@uzbekistanarmy) on

Mazkur marafon “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi tomonidan o‘tkazildi. Unda mamlakat Qurolli Kuchlariga tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, o‘quvchi yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi. Marafonda jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur aksiyada harbiy xizmatchilar tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti o‘tkazilib, yoshlarga o‘rnak sifatida namoyish etildi.

Marafon shohsupasining barcha pog‘onasidan Toshkent harbiy okrugining vakillari – Vladislav Mamedov, Andrey Kulikov va Bunyod Muxitdinov joy oldi.

G‘olib va sovrindorlar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, Toshkent shahar hokimligi va “Amilov” (Crafers) qandolat fabrikasi tomonidan medallar, diplom va televizorlar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют