» » Farg‘onada Erkin Vohidov kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Farg‘onada Erkin Vohidov kunlari bo‘lib o‘tmoqda


Farg‘onada boshlangan adabiyot bayrami “Erkin Vohidov kunlari” doirasidagi tadbirlar bilan yanada katta shodiyona aylandi. Unda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda, deya xabar beradi O‘zA.

Prezident joriy yilning 12—13-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Marg‘ilon shahridagi ijodkorlar bog‘ida bo‘lib, Erkin Vohidov ijodini o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish, she’rlari asosida qo‘shiqlar yaratish zarurligi ta’kidlagan edi. Mazkur adabiyot bayrami va Erkin Vohidov kunlari ham shu maqsadda tashkil etildi.

Davlat rahbarining 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adib ijodiy merosini o‘rganish va uni yoshlarga yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident tashabbusi bilan Marg‘ilon shahrida ijodkorlar bog‘i tashkil etilib, Erkin Vohidovning haykali o‘rnatildi va memorial muzeyi bunyod etildi. Shuningdek, Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etildi.

Nafosat bayrami Qo‘qon shahridagi drama teatrida Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv bilan boshlandi. Tadbirda Erkin Vohidov Vatan, inson erki, muqaddas zaminni ulug‘lab bitgan she’r va g‘azallari, dostonlari, dramalari bilan o‘quvchilar qalbidan mustahkam o‘rin egallagan ulug‘ ijodkor ekani ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют